14 yoshli abituriyent davlat granti asosida universitetga o‘qishga kirdi
Qashqadaryolik 14 yoshli abituriyent talaba bo‘ldi. Bu haqda Qarshi davlat universiteti matbuot xizmati rahbari Oybek Yusupov «Qashqadaryo ziyokori»ga xabar bergan.
Oybek Yusupovning ma’lum qilishicha, viloyatning Kitob tumanida yashovchi 14 yoshli Jasurbek G‘ulomov Qarshi davlat universitetining biologiya fakultetiga davlat granti asosida o‘qishga kirgan.
Jasurbek G‘ulomov 2004-yil tug‘ilgan bo‘lib, shu yil Kitob tumanidagi 3-sonli akademik litseyning tabiiy fanlar yo‘nalishini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-2020-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda eng yosh abituriyent 14, eng keksa abituriyent esa 87 yoshda ekanligi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter