Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2023 yilda «O‘zavtosanoat» budjetga «Uzbat»dan ham kamroq soliq to‘laydi – prognoz

2023 yilda «O‘zavtosanoat» budjetga «Uzbat»dan ham kamroq soliq to‘laydi – prognoz

Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan «Fuqarolar uchun budjet – 2023» nashrida 2023-yilga mo‘ljallangan Davlat budjeti daromadlar prognozi haqida so‘z borib, jumladan yirik soliq to‘lovchi korxonalarning budjetga to‘lashi kutilayotgan soliqlari miqdori haqida ham ma’lumot berib o‘tildi.

Darhaqiqat, davlat budjeti daromadlari ko‘p jihatdan yirik soliq to‘lovchi korxonalarning iqtisodiy holatiga bog‘liq bo‘lib, ularning joriy yilda soliq tushumlaridagi ulushi quyidagi ko‘rinishda prognoz qilinmoqda (foizlarda):

  1. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ – 14,8 foiz;
  2. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ – 8,1 foiz;
  3. «O‘zbekneftgaz» AJ – 1,8 foiz;
  4. «O‘ztransgaz» AJ – 1,7 foiz;
  5. «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJ – 0,6 foiz;
  6. «Hududgazta’minot» AJ – 1,2 foiz;
  7. «Uzbat» AJ – 1,1 foiz;
  8. «O‘zavtosanoat» AJ – 0,9 foiz;
  9. «Uz-Kor Gas Chemical» QK MChJ – 0,6 foiz;
  10. «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ – 0,4 foiz.

Nashrda qayd etilishicha, 2023-yilda Davlat budjeti daromadlari 232 trln 607 mlrd so‘m prognoz qilindi yoki YaIM ga nisbatan 21,8 foiz. Ushbu ko‘rsatkichlar 2022-yilda 202 trln 43 mlrd so‘m yoki YaIM ga nisbatan 22,7 foizni tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, «Fuqarolar uchun budjet: 2023-yil uchun tasdiqlangan budjet» axborot nashri BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi «O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni moliyalashtirish» qo‘shma loyihasini amalga oshirish dasturi doirasida tayyorlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring