Afg‘onistonda kuchli zilzila qurbonlari soni 1100 dan oshdi

Afg‘onistonda zilzila oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
Afg‘oniston Qizil Yarimoy jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 1124 nafarga yetdi, 3251 kishi turli darajada jarohat olgan. Tabiiy ofatda 8 mingdan ortiq uy vayron bo‘lgan.
Eng ko‘p qurbonlar epimarkazga yaqin joylashgan Kunar viloyatida qayd etilgan. Butun qishloqlar vayron bo‘lgani sababli rasmiylar halok bo‘lganlar soni yana ortishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Qutqaruvchilar toshli va tog‘li hududlarda tirik qolganlarni izlashni davom ettirmoqda. Ko‘plab aholi kechani ochiq havoda o‘tkazishga majbur bo‘lgan.
Xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonga yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Buyuk Britaniya 1 million funt, BMT esa 5 million AQSh dollar ajratgan. Shuningdek, Xitoy, Hindiston va Shveysariya ham insonparvarlik yordami yuborishini ma’lum qildi. Hindiston allaqachon mingta chodir va 15 tonna oziq-ovqat yuborgan.
«Bizga dori-darmon va chodirlar zarur. Xalqaro hamjamiyat siyosiy kelishmovchiliklarni chetga surib, afg‘on xalqiga yordam berishi lozim», – deydi mahalliy shifokorlardan biri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter