Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ahmadboy»ga nisbatan navbatdagi hukm o‘qildi

«Ahmadboy»ga nisbatan navbatdagi hukm o‘qildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

«Ahmadboy» nomi bilan tanilgan chinozlik Ahmadjon Tursunboyev va uning jinoiy sheriklariga nisbatan o‘tgan yili jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi hukm chiqargan edi. Unga ko‘ra, Ahmadjon Tursunboyevga 13 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangandi. Shuningdek, bir yil tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanib, eng kam ish haqining 400 baravari miqdorida jarimaga tortilgandi.

Mazkur hukm hali sovub ulgurmay, A. Tursunboyev va boshqalarga nisbatan navbatdagi sud jarayoni boshlanganidan ham xabaringiz bor.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov ayni sud yakuni bo‘yicha «Xabar.uz»ga ma’lum qildi. Ya’nikim, 2019-yil 28-oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudi binosida  A. Tursunboyev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni — 16 nafar) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha uchinchi ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining sudyasi X. Shermuxamedov raisligida ko‘rib chiqildi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, A.Tursunboyevni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «a», «v» bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topib, unga ushbu modda bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.  

A.Tursunboyevga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazoga qisman jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2019-yil 20-maydagi hukmi bilan tayinlangan jazosini qo‘shib, uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 14 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish hamda eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida (52 096 000 so‘m) jarima jazolari tayinlandi.

Shu bilan birga, A. Tursunboyevga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016-yil 12-oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida»gi Qarorining 6-bandi «b» kichik bandiga asosan to‘rtdan bir qismiga qisqartirildi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash va jarimani davlat daromadi hisobiga undirish belgilandi.

Ushbu sud jarayonida 230 dan ziyod jabrlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi va ularga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring