Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alohida tuman (shahar) va mahallalar namunali hududga aylantiriladi

Alohida tuman (shahar) va mahallalar namunali hududga aylantiriladi

Prezidentning PQ–298-son qaroriga ko‘ra, alohida tuman (shahar) va mahallalar namunali hududga aylantiriladi.

«Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)» loyihasi doirasida har yili quyidagilar amalga oshiriladi, jumladan:

  • kamida 50 million AQSh dollari ekvivalenti miqdorida investitsiyalarni jalb qilgan holda oziq-ovqat, mebelchilik, qurilish materiallari, tikuvchilik va boshqa ixtisoslashgan yo‘nalishlarda kamida 10 tadan yirik investitsiya loyihalari ishga tushiriladi;
  • ilgari o‘z mahsuloti bilan tashqi bozorlarga chiqmagan kamida 3–5 tadan korxona eksport faoliyatiga jalb qilinadi;
  • xorijiy davlatlardan texnolog, marketolog, brend-menejer kabi mutaxassislarni jalb qilgan holda kamida 1 ta korxonada milliy brend mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi;
  • 10 nafardan tadbirkorlar xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan ixtisoslashgan sanoat ko‘rgazmalariga tajriba almashish uchun yuboriladi.

«Yashil» va energiya samarador hududlarni rivojlantirish doirasida:

  • 2026-yil 1-yanvardan boshlab barcha davlat idoralari va ijtimoiy soha muassasalari binolari faqat energiya samaradorlik tamoyillari asosida quriladi va modernizatsiya qilinadi;
  • 2027-yil 1-yanvarga qadar davlat idoralari, davlat ishtirokidagi korxonalar va ijtimoiy soha muassasalari energiya samarador uskunalar bilan to‘liq jihozlanadi.
  • 2026-yil 1-martdan boshlab bittadan ijtimoiy soha muassasasi binolarini «Nol energiya sarfli binolar» konsepsiyasi asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha pilot loyihalar boshlanadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring