Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda bloger ayol kaltaklangani aytilmoqda

Andijonda bloger ayol kaltaklangani aytilmoqda

Skrinshot.

Andijonda taniqli bloger Fotima Jo‘rayeva kaltaklangani aytilmoqda. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoq orqali qilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqishida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, voqealik Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanida ro‘y bergan. Mahalliy fermerlar va tuman Elektr tarmoqlari korxonasida o‘rtasida yuzaga kelgan muammolarni o‘rganayotgan bloger kutilmaganda  bosimga duch keladi.  Ya’nikim, bloger Jo‘rayeva so‘roviga javob olish uchun tuman Elektr tarmoqlari korxonasida kelganda uning uyali telefon apparati tortib olinib, sindirib tashlanadi. Kamiga bir necha erkak unga nisbatan jismoniy kuch ishlatadi. Voqelik korxona mutasaddilari ko‘z o‘ngida ro‘y beradi. Biroq hech kim uning oldini olishga harakat qilmaydi.

Bloger voqelikni o‘z joniga qilingan «suiqasd» deb baholagan. F.Jo‘rayevaga tuman shoshilinch tibiy bo‘limida birlamchi tibiy yordam ko‘rsatilgan.

«Xabar.uz» so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot xizmati Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha,  ayni paytda voqelik o‘rganilmoqda, bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring