Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Eron urushida qo‘shin jo‘natish masalasini ko‘rib chiqmoqda

AQSh Eron urushida qo‘shin jo‘natish masalasini ko‘rib chiqmoqda

AQSh ma’muriyati Yaqin Sharqdagi operatsiyani kuchaytirish maqsadida mintaqada minglab harbiylarni joylashtirish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda bir necha manbalarga tayanib Reuters xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu qadam prezident Donald Trampga urushni kengaytirish yoki yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha variantlar berishi mumkin.

Agentlik manbalarining aytishicha, Eron sohillariga harbiy kuch joylashtirish orqali Ho‘rmuz bo‘g‘ozida neft tankerlari harakatini nazorat qilish yoki Eron neft eksportining 90 foiz amalga oshiriladigan Xarg oroliga operatsiya yo bo‘lmasa, boyitilgan uran zaxiralarini nazoratga olish asosiy variantlar sifatida ko‘rilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ayniqsa Xarg oroliga yoki Eron hududiga quruqlik qo‘shinlarini kiritish juda katta xavf bilan bog‘liq. Eron bu hududlarga raketa va dronlar orqali zarba berish imkoniyatiga ega.

«Hozircha quruqlik qo‘shinlarini jo‘natish bo‘yicha qaror qabul qilingani yo‘q. Ammo prezident barcha variantlarni ochiq saqlamoqda», – degan Oq uy rasmiysi.

Bu masala jamoatchilikning urushni qo‘llab-quvvatlamayotgani va Trampning avval tashqi urushlarga aralashmaslik va’dasi sabab mamlakat ichida ham bahsli bo‘lib qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring