Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aroqchi: Blokada bekor qilindi, Eron aktivlarining bir qismi ochildi

Aroqchi: Blokada bekor qilindi, Eron aktivlarining bir qismi ochildi

Eron TIV rahbari Abbos Aroqchi Qatar va Pokistonning faol vositachiligi Livan mojarosini hal etish jarayonida sezilarli natijalar berayotganini ma’lum qildi.

Eron tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, erishilgan kelishuvlar doirasida Eron nefti va neft-kimyo mahsulotlari eksporti bo‘yicha cheklovlar yumshatilgan, dengiz blokadasi bekor qilingan hamda mamlakatning muzlatilgan aktivlarining bir qismiga kirish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, Eronni tiklash va iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan yirik dastur ham ishga tushirilgan.

Aroqchi Livanda tashkil etilayotgan deeskalatsiya markazini kelishuvlarning amaldagi birinchi sinovi deb atadi. Uning qayd etishicha, mazkur mexanizm o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish va vaziyatning yanada keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring