Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq xizmatlarda uzilishlar yuzaga kelmoqda

Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq xizmatlarda uzilishlar yuzaga kelmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Yagona portal (my.gov.uz) orqali avtomototransport vositalari bilan bog‘liq xizmatlarda uzilishlar yuzaga kelmoqda.

Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining «Avtomototransport hisobi» va «Haydovchilik guvohnomasi» axborot tizimlari «Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi»ga o‘tmoqda.

Shu sabab, yagona portaldagi avtomototransport vositalari bilan bog‘liq (Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish, Avtotransport  oynalarining tusini o‘zgartirishga  ruxsatnoma olish, Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga elektron ishonchnoma berish) xizmatlarda uzilishlar yuzaga kelmoqda.

Yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi mutaxassislari tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani bildirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring