Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov «Madison Square Garden»da jang o‘tkazadi

Bahodir Jalolov «Madison Square Garden»da jang o‘tkazadi

Ertaga, 28-oktyabr kuni tongda superog‘ir vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustamiz Bahodir Jalolov navbatdagi jangida ringga ko‘tariladi.

Bahodir professional ringdagi uchinchi jangini bizning vaqt bilan esa ertaga tongda amerikalik Tayrel Raytga qarshi o‘tkazadi. Olti raundga mo‘ljallangan jang Nyu-York shahridagi mashhur «Madison Square Garden» arenasida bo‘lib o‘tadi.

Bugun bokschilarning vaznini o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Bahodir 243 funt, ya’ni 110 kg vazn qayd etgan.

Jalolov profringda ikki marotaba jang o‘tkazib, ularning har ikkisida ham raqiblarini nokautga uchratgan.

Rayt esa 13 marotaba ringga ko‘tarilib, ularning 9 tasida g‘alaba qozongan (6 nokaut). Ikkita bahsda imkoniyatni boy bergan. Yana ikki jangida durangga erishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring