Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysida mobil internetni tezlashtirdi

Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysida mobil internetni tezlashtirdi

Farg‘ona vodiysining 31 tumani yangi sifatli aloqa bilan ta’minlandi

Beeline Uzbekistan mamlakatimizning eng ko‘p sonli aholisi yashaydigan hududda – 10 million nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarolari istiqomat qiladigan Farg‘ona vodiysida keng ko‘lamli texnik ishlarni amalga oshirdi. Yangi baza stansiyalarining ishga tushirilishi va avval o‘rnatilgan qurilmalarning modernizatsiya qilinishi mobil internet tezligini oshirish va mijozlarga ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar sifatini oshirish imkonini berdi.

2023 yilda raqamli operator Farg‘ona vodiysida 320 dan ortiq baza stansiyalarini qurdi va modernizatsiya qildi. Aksariyat qismi ma’lumot uzatishning yuqori tezligini kafolatlaydigan 4G tarmog‘iga tegishli. Natijada onlayn video ko‘rishdan tortib, smartfon yordamida pul o‘tkazmalarini amalga oshirishgacha mobil internetga asoslangan barcha xizmatlardan foydalanish sharoitlari qulaylashdi.

Keng ko‘lamli texnik ishlar O‘zbekistonning uch viloyati: Andijon, Namangan va Farg‘onaning 11 shahri va 31 tumanini qamrab oldi. Ikki olis maskanda joylashgan aholi punktida – Qo‘shtepa tumanining Tinchlik va Yangiobod hududlarida ilk bor uyali aloqa paydo bo‘ldi. Shu bilan birdaniga mahalliy aholi uchun yuqori tezlikdagi 4G interneti ham taqdim etildi.

«Birinchi yarim yillikda ishga tushirilgan har ikkinchi baza stansiyasi Farg‘ona vodiysida joylashgan. Bu O‘zbekiston aholisining deyarli uchdan bir qismi istiqomat qiladigan hudud, bu yerdagi mijozlarimiz soni ham juda tez o‘sib bormoqda. Shuning uchun aloqa sifati va eng sertalab xizmat — mobil internetni yaxshilash juda muhim masalalar qatoriga kiradi. Bundan tashqari, sifati yaxshilangan aloqadan nafaqat shahardagi mijozlar, balki tuman aholisi ham foydalanishi mumkin», — deydi Beeline Uzbekistan Sharqiy hududiy filiali direktori Dilshod Anarmetov.

Quyidagi shahar va tumanlarda texnologik tarmoqni kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirildi:

Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Qorasuv, Paxtaobod, Shahrixon shaharlari;

Oltinko‘l, Andijon, Asaka, Buloqboshi, Bo‘ston, Jalaquduq, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Oltinko‘l, Paxtaobod, Ulug‘nor, Shahrixon tumanlari;

Namangan viloyati — Namangan, Chust shaharlari; Namangan, Chust, Uychi, Chortoq tumanlari;

Farg‘ona viloyati — Marg‘ilon, Qo‘qon, Quvasoy, Farg‘ona shaharlari; Oltiariq, Bag‘dod, Beshariq, Buvayda, Dang‘ara, Quva, Qo‘shtepa, Rishton, Toshloq, O‘zbekiston, Uchko‘prik, Farg‘ona, Furqat, Yozyovon viloyatlari.

Beeline Uzbekistan yangi baza stansiyalari o‘rnatilgan manzillarning batafsil ro‘yxati bilan kompaniya saytida tanishish mumkin.

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentyabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.
Beeline Uzbekistan’da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring