Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri bo‘ladi

Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri bo‘ladi

Foto: «Xabar.uz»

Qonunchilik palatasida deputatlar Musayev Behzod Anvarovichni Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tasdiqlash haqidagi masalani ko‘rib chiqib, ma’qullash bo‘yicha qaror qabul qildilar. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi.

B.Musayev shu kunga qadar Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Behzod Musayev 2018-yilning may oyida Botir Parpiyevning o‘rniga DSQ raisi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagandi.

Behzod Musayev mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi bo‘lsa-da, avval ham bir vaqtning o‘zida sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarib ko‘rgandi.

Shu paytga qadar Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida Hojiboyev Abduhakim Mo‘minovich ishlab kelayotgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring