Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMW yuz minglab avtomobillarini chaqirib oladi

BMW yuz minglab avtomobillarini chaqirib oladi

Foto: DPA

BMW butun dunyo bo‘ylab bir nechta model seriyasiga mansub yuz minglab avtomobillarni chaqirib oladi, deb xabar berdi Handelsblatt.

Avvaliga 575 mingta mashina chaqirilishi haqida xabar tarqalgandi, biroq kompaniya jurnalistlarning bu ma’lumotini tasdiqlamadi.

Tekshiruvlar ko‘rsatishicha, magnitli o‘chirgich dvigatelni ko‘p marta ishga tushirgandan so‘ng sezilarli darajada yedirilishi mumkin, bu esa mashinani ishga tushirishda muammolar yoki qisqa tutashuv va o‘t oldirgich (starter)ning mahalliy qizib ketishi xavfini tug‘diradi.

«Eng yomon holatda bu avtomobilning ishlash paytida yonib ketishiga olib kelishi mumkin. Bunday holda, tutun harakat paytida yoki avtomobildan chiqayotganda ko‘rinishi yoki hididan sezilishi mumkin», — deya bayonot berdi BMW rasmiysi. Kompaniya mutaxassislari motori ishlab turgan mashinani qarovsiz qoldirmaslikni maslahat berishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring