Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Putin rossiyaliklarga muhim murojaat qilishi kutilmoqda

Bugun Putin rossiyaliklarga muhim murojaat qilishi kutilmoqda

Foto: Life.ru

Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga murojaat qilishi kutilmoqda. Shuningdek, mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham murojaat yo‘llashi mumkin. Bu haqda BBC yozdi.

«Putinning murojaati» haqidagi xabarni RBK nashri tasdiqladi. Murojaat bosib olingan hududlardagi «referendumlar»ga bag‘ishlanishi kutilyapti.

Rossiyadagi bir nechta davlat ommaviy axborot vositalari «Kreml puli»dagi jurnalistlarga asoslanib, mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham murojaat qilishi haqida xabarlar tarqatdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun RF davlat dumasi Jinoyat kodeksiga «safarbarlik», «urush holati», «urush davri» tushunchalarini kirituvchi, shuningdek, dezertirlik va ixtiyoriy taslim bo‘lganlik uchun jazolashni ko‘zda tutuvchi qonunni uchinchi o‘qishda qabul qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring