Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda O‘zbekiston – Rossiya jarrohlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Buxoroda O‘zbekiston – Rossiya jarrohlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Buxoroda O‘zbekiston – Rossiya jarrohlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum 2018 yil 8 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Tadbirda Aleksandr Vasilevich Vishnevskiy nomidagi Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi milliy tibbiy tadqiqot markazining nufuzli akademiklari, yetakchi mutaxassislari, ROSOMED – “Rossiya tibbiyotda simulyasion o‘qish jamiyati” Umumrossiya jamoat tashkiloti, akademik Vosit Voxidovich Voxidov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Jarrohlik markazi akademik va professorlari,  Respublika Ixtisoslashtirilgan Shoshilinch tibbiy yordam markazi vrachlari va yurtimizning turli burchaklaridan mutaxassislar tashrif buyurishdi.

Forumda jarrohlikning dolzarb masalalari va jarrohlikda innovatsion texnologiyalarning samarali rivojlanishi, tibbiyot rivojining zamonaviy bosqichida transplantatsiya texnologiyalari, jarohatlarning mahalliy davolash usullari, braksezafalik va visseral debraning operatsiyalari xirurgiyasi, koronar arteriyalarni rejalashtirilgan stentlash bo‘yicha zamonaviy g‘oyalar va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Forum davomida akademik Amiran Shotayevich Buxoro davlat tibbiyot institutining faxriy professori diplomi bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga tibbiyot fanlari va amaliyoti sohasida erishilgan yutuqlar, xodimlarni o‘qitish, tayyorlash, sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish, mukammal ish va institutni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgani uchun “A.V.Vishnevskiy nomidagi institut” esdalik nishoni bilan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonov, viloyat hokimi O‘. Barnoyev, institut rektori A.Inoyatov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosghlig‘i I.Narziyev, institutning fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi mudiri professor R.Axmedov, o‘quv tarbiya ishlari prorektori dotsent G.Jarilkasinova taqdirlanishdi.

Forum ishtirokchilari forum zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning keng ko‘lamli masalalari bo‘yicha ilg‘or tajriba almashish uchun qiziqarli maydonga aylanganini ta’kidladilar.

Forum yakunida "Tibbiyotda yangi kun" ilmiy-amaliy jurnalini A.V.Vishnevskiy nomidagi markaz bilan birgalikda nashr etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Shuningdek, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab A.V. Vishnevskiy nomidagi Xirurgiya institutining filialining ochilishiga kelishib olishdi.

Keyinchalik ushbu forumni Aleksandr Vasilevich Vishnevskiyning yurtida o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilindi. Bundan tashqari, ROSOMED ijrochi direktori Kolish Aleksandr Lvovich va Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Amrillo Shodiyevich Inoyatov Rossiya sitimulyasion ta’limini Buxoro tibbiyot institutining simulyasion markazida joriy qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring