Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniya hukumati Tramp – Putin uchrashuvidan hadiksirayapti

Buyuk Britaniya hukumati Tramp – Putin uchrashuvidan hadiksirayapti

Foto:«Getty Images»

AQSh prezidenti Donald Trampning o‘zi va Putin o‘rtasida o‘tkazilishi kutilayotgan uchrashuv haqidagi bayonoti NATOga a’zo davlatlar va Rossiya chegarasida keskin vaziyatni yuzaga keltirishidan Buyuk Britaniya hukumati qo‘rqayapti. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.

Buyuk Britaniya hukumati AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning uchrashuvida Amerika tomonining nima deyishidan, qanday qarorga kelishidan cho‘chimoqda.

Bu haqda «Bloomberg» Buyuk Britaniya hukumati ma’lumotlariga tayanib xabar tarqatgan.

Uchrashuv NATOga a’zo davlatlar, shu jumladan, Buyuk Britaniya harbiy kuchlari joylashgan hudud va Rossiya chegarasida keskin vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin ekan.

Trampga muzokara ta’sir qilishi, u uchrashuv o‘tkaziladigan joy haqidagi qarorini o‘zgartirishi mumkin. Bu tajribadan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Putin bilan uchrashuvni o‘tkazish sanasini belgilab olgan edi. Unga ko‘ra muzokara NATOning shu yil 11 — 12-iyul kunlari o‘tkaziladigan sammitidan keyin uyushtirilishi kerak edi. Amerika prezidenti uchrashuv Helsinkida bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring