Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Charlz III onameros otlarni sotib yubordi

Charlz III onameros otlarni sotib yubordi

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III marhuma onasi — Yelizaveta II dan meros qolgan poyga otlarini kimoshdida sotib yubordi. Bu haqda The Sun xabar berdi.

14 ta ot, jumladan, qirolicha vafotidan ikki kun avval Gudvud poygasini yutgan Love Affairs laqabli ot yangi egalari qo‘liga o‘tdi. Monarx jami 1,075 mln funt sterling ishladi, har bir ot auksionda o‘rtacha 75 ming funtdan baholandi.

Charlz bu jonivorlar sonini qisqartirishiga qaramay, ot sporti qirollik oilasining ajralmas qismi bo‘lib qolishi ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring