Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chet elda mobil internetdan foydalanish UZTELECOM bilan yanada qulay: Travel eSIMga 40 foizgacha chegirmalar

Chet elda mobil internetdan foydalanish UZTELECOM bilan yanada qulay: Travel eSIMga 40 foizgacha chegirmalar

Foto: UZTELECOM

Chet elga sayohat paytida internet doimo zarur: yo‘l topish, muloqot qilish va ishlash uchun. Endi UZTELECOMning Travel eSIM xizmati bilan aloqada bo‘lish yanada osonlashdi.

Bu — MyUZTELECOM ilovasi orqali atigi bir necha daqiqada ulanadigan virtual SIM-karta. Travel eSIMning o‘ziga xos jihati shundaki, siz boradigan mamlakatning aynan o‘z eSIMini olasiz, bu esa barqaror internet va qulay foydalanishni ta’minlaydi.

2025-yil 20-avgustdan 20-sentyabrgacha barcha Travel eSIM paketlariga 40 foizgcha chegirma taqdim etiladi.

Qanday paketlar mavjud?

Cheksiz paketlar — 1 kundan 30 kungacha.
Hajmli paketlar — 1 GBdan 50 GBgacha.

Sayohatingizga mos bo‘lgan bir kunlik, bir haftalik, bir oylik yoki ma’lum bir trafik hajmiga ega paketni tanlashingiz mumkin.

Aksiya shartlari

Aksiya davrida Travel eSIM 20 foizdan 40 foizgacha chegirma bilan taqdim etiladi:

Cheksiz paketlar:

  • 1 kun — 20 foiz chegirma
  • 3 kun — 20 foiz chegirma
  • 5 kun — 30 foiz chegirma
  • 7 kun — 30 foiz chegirma
  • 10 kun — 30 foiz chegirma
  • 15 kun — 40 foiz chegirma
  • 30 kun — 40 foiz chegirma

Hajmli paketlar:

  • 1 GB — 20 foiz chegirma
  • 2 GB — 20 foiz chegirma
  • 3 GB — 30 foiz chegirma
  • 5 GB — 30 foiz chegirma
  • 10 GB — 30 foiz chegirma
  • 20 GB — 40 foiz chegirma
  • 50 GB — 40 foiz chegirma

Paketni aksiya davrida sotib olish va xarid qilgandan so‘ng 360 kun ichida faollashtirish mumkin.

Travel eSIM-ni qanday ulash mumkin?

  1. Smartfoningiz eSIM-ni qo‘llab-quvvatlashiga ishonch hosil qiling.
  2. MyUZTELECOM ilovasiga kiring.
  3. «Katalog» bo‘limidan Travel eSIM xizmatini tanlang.
  4. Mos paketni tanlang va uni faollashtiring.

Muhim ma’lumot

Travel eSIM chet elda mobil internetdan foydalanish imkonini beradi. Qo‘ng‘iroqlar va SMS mavjud emas, ammo muloqot uchun messenjerlar va internet qo‘ng‘iroqlari ishlatilishi mumkin.

UZTELECOM — doimo Sizga yaqin bo‘lgan operator!

Reklama

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring