Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chevrolet Onix – oilaviy avtomobil

Chevrolet Onix – oilaviy avtomobil

Yil yangiligiga bo‘lgan talabning o‘sishini hisobga olsak, ishonch bilan aytishimiz mumkinki, avtomobil ixlosmandlari Chevrolet Onix’ning ahamiyatini yaxshi tushunishadi. Va bu ajablanarli emas. Axir, yangi avtomobil o‘zida betakror dizayn va ilg‘or texnologiyalarni mujassam etgan.

Modelning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, Chevrolet Onix haydovchi va yo‘lovchilar uchun yuqori darajadagi qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi. Xususan, avtomobil yuqori tejamkorlik va energiya samaradorligiga ega. Kombinatsiyalangan siklda yoqilg‘i sarfi 100 km uchun atigi 5,9/6,2 litrni, magistralda esa 100 km uchun 4,8/4,7 litrni tashkil qiladi. Shuningdek, kruiz nazorati hamda elektron rul boshqaruvi bilan haydash yanada qulay va yoqimli.

Lekin bu hammasi emas. Avtomobillarni farqiga boradiganlar uchun Chevrolet Onix’ning mutlaqo yangi versiyasi – Redline taqdim etildi. U qizil rangga urg‘u berilgan 16 dyuymli quyma qora g‘ildiraklar, kuzov va oynalardagi qizil elementlar, shuningdek, salondagi zamonaviy qizil yo‘lli choklarga ega. Yangi versiyada oynalarni isitish tizimi ham mavjud.

Onix har qanday oila uchun juda mos. Uning yukxona hajmi 469 litrni tashkil etadi. Bu shahar va shahar tashqarisidagi sayohatlar uchun kerakli narsalarni joylashtirish imkonini beradi.

Chevrolet Onix’ning g‘ildirak bazasi 2600 mm, klirensi 136 mm bo‘lib, bu sizga tezkor dinamikaga qaramay, yo‘lda mukammal ushlab turish va 11 soniyada 100 km/soat tezlikka erishish imkonini beradi.

Chevrolet Onix eshiklari ichki qismi va uskunalar panelida yuqori sifatli plastmassadan foydalanilgan. O‘rindiqlar eko-charm bilan qoplangan sport shaklida va isitish funksiyasiga ega, sovuq kunlarda 1-, 2 qatorlarda qulay haroratni ta’minlaydi.

Chevrolet Onix – bu o‘zida zamonaviy dizayn, xavfsizlik va dinamikani birlashtirgan model.

Chevrolet Onix – bularning barchasi u haqida.

Rasmiy sahifa: chevrolet.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring