O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi chigirtkalar galasiga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning g‘arbiy hududlarida chigirtkalar galasi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi.
FVVning ma’lum qilishicha, ushbu holat har yili kuzatiladigan chigirtkalarning mavsumiy ko‘chishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘lib, lokal tusga ega, shuningdek, hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga zarar yetmagan.
Hozirda ushbu hududlardagi chigirtkalar bilan bog‘liq vaziyat FVV va FVDqT xizmatlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Aytilishicha, bu borada har yili FVV, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda boshqa daxldor tashkilotlar hamkorligida hududlarda mavsum oldi va mavsum davrida kimyoviy ishlovlar olib boriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter