Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chiroqchida bir necha IIB xodimi qamoqqa olindi — Bosh prokuratura

Chiroqchida bir necha IIB xodimi qamoqqa olindi — Bosh prokuratura

Foto: «Xabar.uz»

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchida mol o‘g‘irlashda gumon qilingan 32 yoshli erkak IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafoti etganiga oid xabar tarqaldi. Xabarlarda voqelik 23-yanvarga o‘tar kechasi sodir bo‘lgani aytiladi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati ayni holat bo‘yicha bayonot berdi. Bayonot tarqalgan xabarlar haqiqatdan yiroq emasligini tasdiqladi.

Unga ko‘ra, 2020-yilning 23-yanvar kuni soat 01:50 da Chiroqchi tumanining Langar qishlog‘ida chorva mollari o‘g‘irliklarini fosh etish borasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar jarayonida tuman IIO FMB binosiga gumondor tariqasida olib kelingan Yu.A vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 23.01.2020-yil Chiroqchi tumani IIO FMB xodimlariga nisbatan O‘zR JKning 206-moddasi 1-qismi (mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov davomida jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan.

Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring