Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng qimmat qahva necha pulga tushdi?

Dunyodagi eng qimmat qahva necha pulga tushdi?

Foto: Ginnessning rekordlar kitobi

Dunyodagi eng qimmat kofega Dubay (BAA)dagi Roasters Specialty Coffee House qahvaxonasida buyurtma berildi. Bu haqda Ginnessning rekordlar kitobi sayti ma’lum qildi.

Bir finjon qahvaning narxi — 2500 dirham (680 dollar). Buncha qimmat qahvani ichgan xaridorning kimligi aytilmadi.

Qimmat ichimlikni tayyorlash uchun Panamadagi Hacienda La Esmeralda fermasida yetishtirilgan Geysha navli arabikaning noyob va maxsus donlaridan foydalanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring