Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng yosh milliarder necha yoshda?

Dunyodagi eng yosh milliarder necha yoshda?

Foto: X/shayne_coplan

Financial Post muvaffaqiyatga o‘z kuchi bilan erishgan Polymarket asoschisi, 27 yoshli Sheyn Koplanni eng yosh milliarder sifatida e’tirof etdi.

Koplanning prognozlar platformasiga NYSE birjasi ikki milliard dollar sarmoya kiritganidan keyin ishlari yurishib ketdi, kompaniyasi hozir 9 milliard dollarga baholanmoqda.

Uning prognozlar platformasiga istalgan hodisa uchun pul tikish mumkin:

  • prezidentlik saylovlari;
  • geosiyosiy voqealar;
  • Nobel mukofoti laureatlari;
  • filmlarning kassa yig‘imlari va h.o.

Bir necha yillar oldin Koplan kambag‘al edi, hatto ijarani to‘lash uchun narsalarini sotishga ham majbur bo‘lgan. U 2019-yilda iqtisodchi Robin Hansonning bashoratlar bozori haqidagi g‘oyalarini o‘rganishni boshladi va ularni amalda qo‘llab Polymarketni yaratishga qaror qildi. Platformani 2020-yilda 22 yoshida ishga tushirdi.

Biroq platforma AQShda qonunchilik bo‘yicha taqiqlovlarga duch keldi va taqiqlandi. Faqat kriptosanoatga munosabati ijobiy Donald Tramp prezident bo‘lganidan so‘ng Polymarket Amerika bozoriga qaytib, keng imkoniyatlar eshigi ochildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring