«Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla» nominatsiyasi joriy etiladi
«Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan «Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla» nominatsiyasi joriy etiladi.
G‘oliblar quyidagi mezonlar bo‘yicha aniqlanadi:
- har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik biznes sub’yektlari soni;
- har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik biznes sub’yektlari tomonidan to‘langan soliqlar miqdori;
- har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilar soni;
- har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni va ular tomonidan to‘langan soliqlar miqdori;
- mahalla fuqarolari tomonidan mol-mulk va yer soliqlarining to‘langanlik darajasi.
«Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla» nominatsiyasi g‘oliblari uchun quyidagi rag‘batlantirish choralari joriy etiladi:
- tashabbusli budjet doirasida ketma-ket 2 marotaba g‘olib deb topilgan mahallalar uchun navbatdagi 2 ta mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyatini cheklash qoidasi qo‘llanmaydi;
- loyihalarni sheriklik asosida moliyalashtirishda ushbu mahallalar aholisi tomonidan loyiha qiymatining 25 foizi moliyalashtirilgan taqdirda, loyiha g‘olib deb topiladi hamda qolgan 75 foizi Davlat budjetidan moliyalashtiriladi;
- belgilangan mezonlar asosida har yili birinchi 100 talikka kirgan eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalarning har biriga Davlat budjetidan 2 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ tegishlicha Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga ajratiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter