Yevro-2024. Portugaliya Chexiyani og‘ir o‘yinda mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati 1-tur bahslarini F guruhida ishtirok etayotgan Portugaliya va Chexiya yakunlab berdi.
Portugallar himoyaga yotib olgan chexlar darvozasiga o‘yinning asosiy vaqtida yo‘l topa olishmadi. Hisobni esa 62-daqiqada chexlar ochishdi. Oradan yetti daqiqa o‘tib Hranachning avtogoli o‘yindagi muvozanatni tikladi. O‘yin tugab borayotgan pallalarda maydonga tushirilgan Konseysau 90+2-daqiqada o‘zining terma jamoadagi debyut goli bilan chexlarni jazoladi.
Guruhning birinchi o‘yinida Turkiya Gruziyani mag‘lub etgandi — 3:1.
Ikkinchi turda Portugaliya Turkiyaga qarshi, Gruziya Chexiya bilan o‘ynaydi.
Yevro-2024. F guruhi. 1-tur
Portugaliya — Chexiya 2:1
18-iyun, «Rel Bull Arena»
Gollar: Hranach (69, avtogol), Konseysau (90+2) — Provod (62).
Portugaliya: Koshta, Dalot (Inasiu, 63), Pepe, Diash, Mendesh (Netu, 90), Kanselu (Semedu, 90), Fernandesh, Vitinya (Konseysau, 90), Silva, Leau (Jota, 63), Ronaldu.
Chexiya: Stanek, Soufal, Hranach, Holesh (Xori, 90+3), Kreychi, Doudera, Provod (Barak, 79), Souchek, Shuls (Shevchik, 79), Shik (Xitil, 61), Kuxta (Lingr, 60).
Ogohlantirishlar: Leau (39), Shik (57), Konseysau (90+3).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter