Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa haqida siz bilmagan 40 ta fakt!

Yevropa haqida siz bilmagan 40 ta fakt!

Sagrada Familia

«Xabar.uz» karantinda zerikmaslik uchun qiziqarli materiallar berishni davom ettiradi. Ma’lumki, bugungi kunda deyarli barcha davlatlarda koronavirus pandemiyasi tufayli sayohatlar to‘xtab qoldi. Ammo, bu uyda turib ham jahondagi ko‘plab ajoyibotlardan bahramand bo‘lishingizga xalaqit bermaydi.

Shunday qilib, ushbu maqolamiz orqali qariyb 4 million kvadrat milni tashkil etuvchi Yevropa qit’asi haqida 40 ta qiziqarli ma’lumot bilan tanishishingiz mumkin.

Barselonadagi Sagrada Familia qurilishi piramidalarga ketkazilgan vaqtdan oshib ketdi

Ma’lumki, Misrning qadimiy piramidalari millodan avvalgi 2589 – 2504 yillar, ya’ni 85 yil davomida qurilgan.

Antoniy Gaudi esa, o‘zining eng yaxshi asari – Sagrada Familia qurilishini 1882 yilda boshlagan va u hozir ham davom etmoqda. Gaudi ishining yakunini ko‘rolmadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Barselona qurilishni 144 yilda, aniqrog‘i 2026 yil Gaudi vafotining 100 yilligi arafasida nihoyalash niyat qilgan.

Deyarli har bir shaharda Viktor Gyugo nomi berilgan ko‘cha bor

Fransiya o‘zining eng mashhur shoiri va yozuvchisi Viktor Gyugoni har doim sharaflaydi. Uning nomi berilgan ko‘chalar mamlakatdagi deyarli har bir shaharda mavjud.

Gyugo nafaqat mashhur adib, balki o‘z davlatiga sodiq siyosiy advokat sifatida xizmat qilgan. Shu sababli ham fransuz valyutasida uning tasviri tushirilgani ajablanarli emas.

Chaqaloq ismlaridan 7000 tasi tasdiqlangan va 5tasi taqiqlangan

Daniyaliklar bolalariga hukumati tomonidan tasdiqlangan 7000 ta ismlardan birini qo‘yishi mumkin. Ammo agar biron bir noyob nomni xohlasangiz, buni amalga oshirish uchun hukumatdan ruxsat olishingiz kerak bo‘ladi.

Qizig‘i, mamlakatda Jakobp, Ashleiy, Anus, Monkey va Pluto ismlari ta’qiqlangan. Shuning uchun mabodo siz ushbu ismlardan birini xohlasangiz ham, buni qo‘ya olmaysiz.

Eyfel emas Parij Disneylendi

Agar Yevropaning eng diqqatga sazovor joylari haqida o‘ylaganingizda, ehtimol Eyfel minorasi xayolingizga kelishi mumkin.

To‘g‘ri, u benihoya go‘zal inshooot. Biroq, u yiliga 7 million mehmonni qabul qila oladi. Parij Disneylendi esa, 9,7 millionga yaqin sayyohlarni o‘z bag‘riga sig‘dira olgan.

Har o‘n nafar yevropalikning biri IKEA to‘shagidan foydalanadi

IKEA mahsulotlari Yevropada shu qadar keng tarqalganki, qit’adagi har o‘n nafar chaqaloqdan bittasi va Buyuk Britaniyada har beshta insondan bittasi undan foydalanadi.

Ushbu ma’lumot omma orasida keng tarqalgan bo‘lsa-da, statistika aniq qayerdan kelib chiqqani noma’lum.

Yevropada yomg‘ir o‘rmoni mavjud

Yevropaning iqlimi yomg‘ir o‘rmonlari uchun imkon beradi. Oxirgi qolgan o‘rmonlardan biri Bosniya va Gersegovinadagi Perusikadir. 3500 gektarlik o‘rmon YuNESKOning umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Uelsda 57 harfli shahar bor

Hayratlanarli! Ammo Uelsda 57 ta harfdan iborat shahar bor. O‘sha nom Uelsda «g‘or» degan ma’noni anglatadi. Buni talaffuz qilish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi.

Skandinaviyadagi 10 ta joy nomi bitta harfdan iborat

Daniya, Shvetsiya va Norvegiyadagi 10 ta qishloq nomi bitta harfdan tashkil topgan. Bu «Å» ya’ni, barcha skandinav tillarida «kichik irmoq yoki daryo» degan ma’noni anglatadi. Ushbu nom mamlakatlarda to‘qqiz marta uchraydi.

«Orol» degan ma’noni anglatuvchi «Ö» esa, Shvetsiyada joylashgan.

Fransiyada cho‘chqaga Napoleon nomini berish mumkin emas

Fransiyada uy hayvonlari, xususan cho‘chqaga Napoleon nomini berish mumkin emas. Ushbu g‘alati qonun dastlab Napoleon davrida joriy qilingan.

Britaniya muzeyi kolleksiyasining faqat 1 foizi namoyishga qo‘yiladi

Britaniya muzeyining kolleksiyasi juda katta – 8 million san’at va qadimiy buyumlardan tashkil topgan. Biroq ularning barchasi ham namoyish etilavermaydi.

Muzeyga tashrif buyurganingizda siz atigi 80,000 mingta narsa-buyumlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Shveysariyada «ijtimoiy chorva» faqat bitta bo‘lishi noqonuniy

Shveysariyaliklar, ba’zi uy hayvonlariga sherik bo‘lmasligini shafqatsizlik, deb hisoblashadi. Masalan, gvineya cho‘chqalari, quyonlar, uzun dumli to‘tilar va boshqa uy hayvonlarining «ijtimoiy hayvonlar» tarkibiga kirishi uchun sizda ulardan bir nechta bo‘lishi kerak.

Ularga munosib yashash sharoiti yaratib berishingiz ham talab etiladi.

Islandiyada chivin yo‘q

Islandiya orolida pashshalar mavjud emas. Boisi, hudud iqlimi va suv havzalari chivin paydo qilishga yaroqsizdir. Shu sababli ham Islandiyada xohlagan paytda deraza oynalarini ochib uxlashingiz mumkin. Ammo buni qish kunlarida tavsiya bermaymiz.

Yakshanbada uy maysazorlarni o‘rish va mashina yuvish cheklangan

Shveysariyaliklar yakshanba haqiqiy dam olish kuni bo‘lishiga ishonishadi. Ular bu kunda maysazorni o‘rish (juda shovqinli), mashina yuvish (zerikarli) va kiyim yuvib osishni taqiqlagan.

Ularning fikricha, dam olish kunida ilmiy-tadqiqot ishlariga xalaqit beradigan hech narsa bo‘lmasligi lozim.

Yevropa finikiyalik malika uchun nomlangan

Yunon mifalogiyasiga ko‘ra, Yevropa nomi Finikiya malikasi bo‘lgan Yevropa nomidan kelib chiqqan.

Parijdagi Luvrda osilgan rassom Fransua Bucherning 1747 yilda mashhur bo‘lgan «Finikiya zo‘ravonligi» suratida o‘sha malika aks etgan, deya talqin qilinadi.

Norvegiyada ritsar pingivin

Norvegiyada qirollik soqchilarining qo‘riqchisi va bosh polkovnigi Sir Nils Olav nomli pingivin bor. Shotlandiyaning Edinburg hayvonot bog‘ida yashovchi ushbu pingivin 2019 yildagi uchinchi shoh pingiviniga aylandi.

Birinchisi, 1972 – 1987 yillarda xizmat qilgan.

Italiyadagi favvoradan qizil sharob oqadi

Italiyaning shimolidagi Kaldari di Ortona mahalliy uzumzor yonida kuniga 24 soat suv o‘rniga qizil sharob oqadigan favvora o‘rnatilgan.

Favvora aslida Rimdan Ortonaga 196 mil masofani bosib o‘tgan avliyo Tomasning izidan boruvchi ziyoratchilar uchun mo‘ljallangan. Ziyoratchilar bunday uzoq yurishdan keyin sharob nishonlashning yaxshi usuli, deb hisoblashadi.

Niderlandiyada velosipedlar odamlardan ko‘proq

Niderlandiyada velosiped haydash shu qadar mashhurki, barcha niderlandiyaliklarning 84 foizi kamida bitta velosipedga egalik qiladi. Mamlakatdagi 17 million aholi uchun 22,3 million velosiped to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda, ayniqsa Amesterdam shahrida velosiped harakati tufayli tiqilinchliklar yuzaga kelmoqda.

Rutgers universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, velosipedda yurish Niderlandiyaliklar uchun eng xavfsiz vositadir.

Yevropada 200 dan ortiq tillarda gapirishadi

Yevropada muloqot qilinadigan 200 ta tildan faqatgina 24 tasi Yevropa Ittifoqi tomonidan tan olingan.

Qit’ada eng keng tarqalgan til, bu ingliz tilidir. Ya’ni, aholining 38 foizi bu tilda gaplasha oladi.

Miloddan avvalgi yildagi nom bilan yashayotgan davlat

Vaqt o‘tishi bilan Yevropada shunchalik ko‘p urushlar bo‘lganki, ko‘plab davlatlar yangi mamlakatlarga aylanishgan. Ammo Bolgariya bundan mustasno. Miloddan avvalgi 681 yilda mamlakat tashkil topganidan beri uning nomi hech qachon o‘zgartirilmagan va bu nom bilan u Yevropaning eng qadimgi davlati hisoblanadi.

Yevropadagi eng keksa mustaqil mamlakat

Bolgariya o‘z nomi bilan Yevropaning eng keksa davlati bo‘lsada, Italiya chegarisidagi San-Marino Respublikasi qit’adagi eng keksa mustaqil mamlakat hisobladi. U millodan avvalgi 301 yildan beri mavjud.

Uning tepalikda joylashganligi asrlar davomida urushlar bo‘lishiga qaramay o‘z mustaqilligini asrab-avaylashiga imkon bergan.

Maqolaning ikkinchi qismi tez kunda saytimizda e’lon qilinadi.

Nurillo To‘xtasinov tarjimasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring