Fevral oyi qanday keladi? Kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Fevral oyida qanday ob-havo kutilmoqda? Gidrometeorologiya xizmati bu haqda ma’lumot berdi.
Bu oy odatdagidan ko‘ra iliqroq bo‘ladi. Ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5°ga yuqori, 2-4° iliqni, shimolda 2° sovuq -1° iliqni, janubda 6-8° iliqni tashkil etadi. Bu haqda O‘zgidrometeorologiya xabar tarqatdi.
Oyning boshi sovuq bo‘ladi. Birinchi besh kunlikda kechalari 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq, ba’zi joylarda 0-2° sovuqqacha bo‘ladi.
Yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik 1–4-fevral kunlari respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 3-fevralda janubiy viloyatlarida bo‘ladi.
Ikkinchi besh kunlikda harorat kechalari 0-5° iliqqacha, kunduzi 8-13° iliqqacha ko‘tariladi. 7-8-fevral kunlari asosan yomg‘ir bo‘lishi mumkin.
Keyinchalik, oy oxirigacha, harorat kechasi 2-7° iliqdan 2-7° sovuqqacha, kunduzi 13-18° iliqdan 2-7° iliqqacha, shimolda kechalari 0-5° iliqdan 7-12° sovuqqacha, kunduzi 11-16° iliqdan 0-5° iliqqacha o‘zgarib turadi.
Fevral oyida yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, "O‘zgidromet" tezkor axborot ham taqdim etdi. Aytilishicha, 2024-yil 1-5-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter