Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Finlyandiya Rossiya bilan chegarani to‘liq yopmoqchi

Finlyandiya Rossiya bilan chegarani to‘liq yopmoqchi

Finlyandiya Ichki ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasi bilan chegarani butunlay yopish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda MTV3 telekanali o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

«Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi allaqachon butun sharqiy chegarani yopish to‘g‘risida qaror tayyorlamoqda. Bu Finlyandiyada boshpana izlovchilarning soni ko‘paygan taqdirda zaxira chorasi sifatida amalga oshirilmoqda», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hozircha yangi choralar ko‘rish zarurati yo‘q, Finlyandiya Davlat kengashi dam olish kunlarida qo‘shimcha yig‘ilish o‘tkazmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 16-noyabr kuni Finlyandiya bosh vaziri Petteri Orpo qochqinlar bilan bog‘liq vaziyat tufayli Rossiya bilan chegaradagi to‘rtta chegara punkti yopilganini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring