Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Grippga qarshi bepul emlanadigan toifa tasdiqlandi

Grippga qarshi bepul emlanadigan toifa tasdiqlandi

Foto: «sn74.ru»

«Gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan aholi o‘rtasida grippning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan hamda mavsumdan oldin emlanadigan shaxslar kontingenti tasdiqlandi.

Mazkur ro‘yxatga jumladan quyidagilar kiritildi:

  • homilador ayollar;
  • nafas olish organlari va yurak-qon tomir tizimlarining ma’lum surunkali kasalliklariga chalingan katta yoshlilar;
  • 60 yoshdan oshgan shaxslar,
  • 6 oylikdan 59 oylikkacha bo‘lgan bolalar;
  • tibbiyot xodimlari;
  • “Mehribonlik” uylari, qariyalar nogironlar uchun “Sahovat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yashayotgan shaxslar kiritildi.

Bunda davlat ijtimoiy muassasalarida yashayotgan shaxslarni emlash davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring