Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haj ziyoratiga borgan 577 kishi jaziramada vafot etdi

Haj ziyoratiga borgan 577 kishi jaziramada vafot etdi

Foto: IMAGO/Medhat Hajaj APAimages/Globallookpres

Saudiya Arabistonida Haj ziyoratini amalga oshirayotgan paytda halok bo‘lganlar soni 577 nafarga yetdi. Bu haqda Agence France-Presse (AFP) o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Nomi sir tutilayotgan ikki arab diplomatining ma’lum qilishicha, vafot etganlarning 323 nafari misrliklar bo‘lgan. Ular jazirama issiq tufayli vafot etgan. Faqat bir misrlik tiqilinchda qolib, olgan jarohatlari oqibatida olamdan o‘tgan.

Nashrga ma’lumot berganlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning kamida 60 nafari — iordaniyaliklar, 23 nafari — Turkiya fuqarolari.

Qurbonlar soni haddan ziyodligiga Haj ziyoratiga noqonuniy kelganlar soni juda ko‘pligi ham sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Buning oqibatida ziyoratchilar lagerlarida tartibsizliklar yuzaga kelgan, qutqaruvchilar o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olmagan, dedi misrlik Haj ziyorati amallarini nazorat qiluvchi amaldor. Uning aytishicha, ziyoratchilar uzoq vaqt suv va ovqatsiz qolib ketishgan, konditsionerlar ishlamasligi tufayli ko‘plar issiqda jon bergan.

Saudiya Arabistoni milliy meteorologiya markazi ma’lumotiga ko‘ra, 17 iyun sanasida Makkadagi Katta massjidda 51,8 daraja issiq qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring