Hindiston va Pokistonda «o‘lim yomg‘iri»: 48 soatda 321 kishi halok bo‘ldi

Pokiston va Hindistonning Himolay tog‘lari hududida kuchli yomg‘irlar keltirib chiqargan suv toshqinlari va ko‘chkilar so‘nggi 48 soatda kamida 321 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.
Rasmiylarga ko‘ra, qutqaruvchilar bedarak yo‘qolganlarni qidirishda davom etmoqda: «Vaziyat dahshatli. Yuzlab odamlarni qutqarishga harakat qilyapmiz».
Hindistonda 170 ga yaqin odam qutqarildi, ularning ko‘pchiligi jiddiy jarohat olgan va shifoxonalarga yetkazilgan.
«Loyqalar orasidan hamon jasadlar topilyapti», — dedi Kishtvar tumanidagi Yudxvir Kotval klinikasi bosh shifokori.
Janubiy Osiyoda joriy musson mavsumi o‘ta halokatli keldi: bu davrda Pokistonda qurbonlar soni 430 nafardan oshdi. Ekspertlar ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston shimolida yog‘ingarchilik miqdori o‘tgan yilgi darajadan 73 foiz yuqori bo‘ldi.
Meteorologlar mintaqada kuchli yomg‘irlar to‘xtamasligi haqida tinmay ogohlantirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter