Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilm-fan yo‘lidagi izlanishlar bir lahza bo‘lsa ham susaygani yo‘q

Ilm-fan yo‘lidagi izlanishlar bir lahza bo‘lsa ham susaygani yo‘q

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Polshaning «Krakov texnologiya universiteti», Turkiya davlatining «Karabuk» universitetlari hamkorligida «1st International Conference on Energetics, Civil and Agricultural Engineering 2020» xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.

TIQXMMI matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozovning qayd etishicha, hozirgi kunda butun dunyo bo‘ylab global pandemiya hukm surishiga qaramasdan, ilm-fan yo‘lidagi izlanishlar bir lahza bo‘lsa ham susaygani yo‘q. Aksincha, bu davr mobaynida nazariya va amaliyotning o‘zaro integratsiyalashuvi yanada kuchaydi, ilmiy izlanishlar soni salmoqli darajada ortdi. Birgina mazkur konferensiyaga energetika, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro hamda yurtimiz olimlarining ilmiy-amaliy ishlari aks etgan 230 dan ziyod yuqori saviyadagi ilmiy maqolalar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 170 tasi saralab olindi. Jumladan, Germaniya, Polsha, Singapur, Malayziya, Turkiya, Nigeriya, Braziliya, Xorvatiya, Iroq, Peru, Kipr, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Hindiston, Afg‘oniston, Bangladesh, Pokiston kabi 20 dan ortiq davlatlardan kelib tushganligi buning isbotidir.

Konferensiyaning ochilishida TIQXMMI rektori, Respublika Oliy ta’lim kengashi raisi O‘.Umurzoqov, Krakov texnologiya universiteti prorektori Dariuzs Bogdal, Karabuk universiteti prorektori Mustafo Yasharlar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulov, Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari A.Nazarov va Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Akmal Mirzayevlar xalqaro konferensiya ishtirokchilarini tabrikladilar.

Mazkur xalqaro tadbirning asosiy maqsadi bugungi kunda energetika, qurilish va qishloq xo‘jaligi kabi har qaysi davlatning muhim sohalarida amaliyotga tadbiq etilayotgan zamonaviy ilg‘or texnologiyalar va ilmiy xulosalarni hamkorlikda o‘rganish hamda o‘zaro fikr almashinuvini ta’minlaydi. Shuningdek, mazkur sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy va yurtimiz olimlari, doktorantlari, tadqiqotchilarini birlashtiradi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring