Ilon Mask Yevropa Ittifoqini tugatishga chaqirdi
Amerikalik milliarder Ilon Mask Yevropa Ittifoqini tugatishga chaqirdi.

«Yevropa Ittifoqini yo‘q qilish va alohida mamlakatlarga suverenitetini qaytarish kerak, shunda hukumatlar o‘z xalqlarini yaxshiroq ifodalay oladi», — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Maskning fikricha, yevrobyurokratiya Yevropani bo‘g‘moqda va oxiri boshiga yetadi.
Avvalroq Yevrokomissiya X ijtimoiy tarmog‘ini ko‘k belgilar bilan «foydalanuvchilarni aldagani» uchun 120 million dollar jarimaga tortgan edi. Ijtimoiy tarmoqning egasi — Ilon Mask.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter