Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada iyun jaziramasi tufayli kamida 900 kishi vafot etdi

Ispaniyada iyun jaziramasi tufayli kamida 900 kishi vafot etdi

Illyustrativ foto

2026-yil iyun oyida Ispaniyada kuzatilgan kuchli issiqlar oqibatida kamida 900 kishi vafot etdi. Bu haqda mamlakat SSV kunlik o‘lim holatlarini monitoring qilish tizimi dastlabki ma’lumotlariga asoslanib, Pais nashri xabar berdi.

Nashr qayd etishicha, 2026-yil iyuni Ispaniyada 1961-yildan buyon olib borilayotgan meteorologik kuzatuvlar tarixida eng issiq ikkinchi iyun bo‘ldi. Davlat meteorologiya agentligi (AEMET) o‘tgan oyni «o‘ta issiq» deb baholagan. Kuzatuvlar tarixida eng issiq iyun esa 2025-yilda qayd etilgan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil iyun oyida yuqori haroratlar tufayli vafot etganlarning 623 nafari anomal issiqlar hukm surgan bir hafta davomida hayotdan ko‘z yumgan.

Qolaversa, 2026-yil iyun oyi issiq havo bilan bog‘liq o‘limlar soni bo‘yicha ham ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu boradagi eng yuqori ko‘rsatkich 2017-yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 1 ming kishi jazirama issiq qurboni bo‘lgan. Bu kabi kuzatuvlar 2015-yildan buyon yuritib kelinmoqda.

Iyun oyining o‘rtalarida Yevropaning qator davlatlarida anomal issiqlar kuzatildi. Ayrim hududlarda havo harorati 40 darajaga yaqinlashdi, ba’zi joylarda esa bundan ham oshib ketdi. Fransiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Italiyada eng yuqori — qizil darajadagi ob-havo xavfi e’lon qilindi.

France 24 telekanali Yevropada anomal yuqori haroratlar tufayli kamida 94 million kishi ekstremal issiq ta’siriga duch kelishi mumkinligini xabar qilgan.

Avvalroq «Ko‘hna qit’a»da bir haftada jazirama oqibatida 1300 dan ortiq inson vafot etgani hamda «Indamas va ko‘rinmas qotil» yevropaliklarni dahshatga solayotgani haqida yozgandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring