Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ispaniyada uch kun ichida ikkinchi poyezd halokati yuz berdi

Ispaniyada uch kun ichida ikkinchi poyezd halokati yuz berdi

Foto: Unione Sarda

Ispaniyaning Barselona provinsiyasida 20-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:02 lar atrofida yo‘lovchi poyezdi qulagan devor bilan to‘qnashib, izdan chiqib ketdi. El Mundo xabar berishicha, poyezd mashinisti halok bo‘lgan.

Hodisa oqibatida kamida 37 kishi jarohat olgan, ulardan besh nafari og‘ir ahvolda.

Ko‘p yomg‘ir yog‘ishi oqibatida qulagan devor temir yo‘lda qatnovlar uzilishiga olib keldi. Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda.

Bu Ispaniyada uch kun ichida yuz bergan ikkinchi poyezd halokati. 18-yanvar kuni tezyurar poyezd izdan chiqib, qarama-qarshi yo‘ldan kelayotgan boshqa poyezd bilan to‘qnashishi oqibatida 42 kishi halok bo‘lgan, 484 yo‘lovchi jarohatlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring