Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi
Vaziyatning keskin kuchayishi munosabati bilan O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Konsullik bo‘limi mazkur mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.
Shuningdek, ularga xavfsiz joylarda bo‘lishni va rasmiy organlarga xabar berilmaguncha o‘z joylarini tark etmaslikni qat’iy tavsiya qilmoqda.
Elchixona fuiarolardan favqulodda vaziyatlarda konsullik bo‘limi telefon raqamlari (+972544851397, 03-672-2466) bilan bog‘lanishni so‘raydi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 7-oktyabr kuni G‘azo hududini nazorat qilib kelayotgan HAMAS harakati Isroil hududida keng ko‘lamli urush harakatlarini boshladi. XAMAS harakati ma’muriyati operatsiya Isroilning Al-Aqso masjididagi “qizil chiziqlar”ni bir necha bor buzganiga javob ekanini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter