Issiqda qanday mahsulotlardan tiyilish kerak? Shifokor maslahati
Rossiyalik shifokor Anna Kosenkova RIA «Novosti» bilan kuchli jazirama paytida parhez bo‘yicha tavsiyalar haqida suhbatlashdi.
Mutaxassis yog‘li, qovurilgan va dudlangan ovqatlarni ratsiondan chiqarib tashlashni tavsiya qildi, chunki og‘ir ovqatlar tanaga qo‘shimcha yuk keltiradi.
Uning ta’kidlashicha, shakarli gazlangan ichimliklar faqat chanqovni kuchaytiradi, kuchli kofe va alkogol esa suvsizlanishga olib keladi.
Issiq havoda toza suv, mineral suv yoki ko‘k choy, shuningdek, namlik va kaliyga boy meva va sabzavotlar — ayniqsa bodring, pomidor, salat bargi, ismaloq va boshqa ko‘katlar iste’mol qilish yaxshidir. Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, yengil oqsilli ovqatlar va tovuq, baliq, kam yog‘li kefir yoki tvorog kabi fermentlangan sut mahsulotlari ham foydalidir.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter