Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janik Fayziyev o‘zbek bokschilari haqida katta budjetli film ishlaydi

Janik Fayziyev o‘zbek bokschilari haqida katta budjetli film ishlaydi

Joriy yilning 18-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mita prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, rossiyalik taniqli kinorejissyor Janik Fayziyev, prodyuser Oybek Fayziyevlar ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuvda olimpiya o‘yinlari hamda jahon chempionatlarining mutloq chempionlari haqida badiiy filmlar yaratish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Janik Fayziyev 2016 yili Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan o‘zbek bokschilari haqidagi «Yengilmas» (rejissyor Akrom Isakov) filmini suratga olish haqida ma’lum qilgan.

Uchrashuv so‘ngida, katta budjetdagi «Yengilmas» kinoloyihasini 2021-yilda tayyorlash bo‘yicha kelishuvlar tuzildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring