JCh-2025. Bokschilarimiz 9 jangda 9 g‘alabaga erishdi

Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati qizg‘in pallasiga kirib boryapti.
9-sentyabr kuni ringga ko‘tarilgan 9 nafar o‘zbek bokschisining barchasi raqiblarini yengdi va milliy jamoa a’zolarining mag‘lubiyatsiz seriyasi davom ettirildi.
Bokschilarimiz quyidagi raqiblari ustidan g‘alaba qozonishdi:
1/8 final
- -51 kg: Feruza Kazakova — Karoline De Almeyda (Braziliya)
- -60 kg: Sitora Turdibekova — Rebekka Nikoli (Italiya)
- -55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov — Mahdiy Kozimiy (Eron)
- -80 kg: Javohir Ummataliyev — Kim Min Seong (Janubiy Koreya)
- -48 kg: Sabina Boboqulova — Angelika Kristoforska (Polsha)
- -50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev — Omer Izaz (Avstraliya)
- -65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Ismoil Umar (Finlyandiya)
- -85 kg: Akmaljon Isroilov — Lachlan Louson (Avstraliya)
1/4 final
- -70 kg: Aziza Zokirova — Leoniye Myuller (Germaniya)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter