Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kaya Kallas: Putin suvdan quruq chiqmoqchi

Kaya Kallas: Putin suvdan quruq chiqmoqchi

Foto: Telegrafi

Rossiya yaqin orada urushni to‘xtatmoqchi emas, shuning uchun muzokaralarni cho‘zyapti Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas shunday fikrda.

«Muzokaralarni cho‘zishda davom etayotgan Putin suvdan quruq chiqmoqchi. U qotilliklarni to‘xtatish bo‘yicha hech qanday majburiyat olmasdan, Ankorijni tark etdi. AQSh Rossiyani jiddiy muzokaralar olib borishga majburlashga qodir, YeI esa Vashington va Kiyev bilan barqaror tinchlikni ta’minlash uchun ishlaydi. Moskva toki urushni davom ettira olmasligini tushunmagunicha, uni to‘xtatmaydi», deb yozdi Kallas X ijtimoiy tarmog‘ida.

Kallas Yevropa Rossiyaga qarshi yangi 19-sanksiyalar paketi orqali Ukrainani qo‘llashda davom etishini qo‘shimcha qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring