Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kiyevda 6 mingdan ortiq uy issiqlik ta’minotisiz qoldi

Kiyevda 6 mingdan ortiq uy issiqlik ta’minotisiz qoldi

Kiyevda Rossiya tomonidan amalga oshirilgan ommaviy hujum oqibatida 6 mingdan ortiq turar joy issiqlik ta’minotisiz qoldi. Bu haqda shahar meri Vitaliy Klichko ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum natijasida poytaxtning muhim infratuzilma ob’yektlari jiddiy zarar ko‘rgan.

«Poytaxtda yana qariyb 6 mingta uy issiqliksiz qoldi. Ularning aksariyati 9 va 20-yanvar kunlari amalga oshirilgan hujumlardan so‘ng ikki marta ulangan yoki ulashga urinilgan uylar edi», – deb yozdi Klichko.

Shuningdek, shaharning ayniqsa chap sohil hududlarida suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ham kuzatilmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, ommaviy hujumlarning asosiy nishonlaridan biri mamlakat energetika tizimi bo‘lgan.

«Kiyev va Kiyev viloyati, Sumi, Xarkov va Chernigov viloyatlari hujum ostida qoldi. Xarkovda tug‘ruqxona, ko‘chirilganlar yashagan yotoqxona, tibbiyot kolleji hamda turar joy binolariga zarar yetdi. Hozirga qadar o‘nlab yaralanganlar borligi ma’lum, ular orasida bolalar ham bor. Poytaxt va uning atrofida rossiyaliklar uchun asosiy maqsad energetika ob’yektlari edi», – deb yozdi Zelenskiy o‘zining Telegram kanalida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring