Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In yadroviy ob’yektlar ro‘yxatini taqdim etishdan bosh tortdi

Kim Chen In yadroviy ob’yektlar ro‘yxatini taqdim etishdan bosh tortdi

Foto: «Gazeta.ru»

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQShga mamlakatidagi yadroviy ob’yektlar ro‘yxatini taqdim etishdan bosh tortdi, deya xabar beradi «Gazeta.ru» xabar berdi.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Pxenyanga tashrifi chog‘ida Kim Chen Indan tekshirish uchun Shimoliy Koreyadagi yadroviy ob’yektlarning ro‘yxatini so‘ragan. Shimoliy Koreya rahbari bu talabni rad etib, buni ikkala davlat o‘rtasida ishonch yo‘qligi sababli AQSh baribir bu ro‘yxatga ishonmasligi bilan izohlagan.

«Ma’lumotlar yana talab qilinishi mumkin. Keyin bahs-munozara kelib chiqadi», – deya iqtibos keltiradi gazeta Kim Chen Inning so‘zidan.

Shimoliy Koreya yetakchisi, shuningdek, Pxenyan bilan Vashington o‘rtasida ishonchni mustahkamlash zarurligini qayd etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring