Korrupsiyaga qarshi SI-vazirni yaratganlarning o‘zlari korrupsiyada ayblanmoqda
Albaniyada korrupsiyaga qarshi SI-vazir (sun’iy intellektli vazir) — Diellani yaratganlarning o‘zlari korrupsiyada ayblanmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Albaniya prokuraturasi Diellani yaratishga bosh-qosh bo‘lgan hukumat tashkiloti — Milliy axborot agentligi direktori va uning o‘rinbosarini uy qamog‘iga oldi. Ular davlat shartnomalarini tuzish uchun arizalarni «o‘yin» qilgan jinoiy tuzilmaga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Qayd etilishicha, tergov Yevropa Ittifoqining blokka qo‘shilish talablarini bajarish maqsadida Albaniya rasmiylari tomonidan tashkil etilgan keng ko‘lamli korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasi doirasida o‘tkazilmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Albaniya sun’iy intellektga vazir lavozimi berilgan dunyodagi ilk mamlakat bo‘lgandi. Diella sun’iy intellektli botiga davlat xaridlari uchun javobgarlik yuklangandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter