Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kriptovalyuta o‘g‘irlab, ChatGPTdan maslahat so‘ragan FQB xodimi qo‘lga tushdi

Kriptovalyuta o‘g‘irlab, ChatGPTdan maslahat so‘ragan FQB xodimi qo‘lga tushdi

Illyustrativ foto

AQShda 2,47 mln dollarlik kriptovalyutani o‘g‘irlab, yangi hayot boshlash uchun ChatGPTdan maslahat so‘ragan FQB xodimi qo‘lga tushdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u xizmat maqomini suiiste’mol qilgan holda 35 ta jinoyat ishi ma’lumotlaridan foydalanib 100 ga yaqin noqonuniy tranzaksiyani amalga oshirgan.

Qo‘lga kiritgan mablag‘larining bir qismini qarzlarini uzishga sarflagan FQB xodimi Yevropaga ko‘chib ketishni rejalashtirgan va bu borada ChatGPTdan maslahat so‘ragan. Sun’iy intellekt unga Portugaliyani tavsiya qilib, u yerdan shaxsiy uzumzor sotib olishni taklif qilgan.

Xabarga ko‘ra, FQB sobiq agenti 20 yilgacha muddatga qamalishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring