Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Madaniyat va san’at fidokori» nishoni bilan 65 kishi taqdirlandi

«Madaniyat va san’at fidokori» nishoni bilan 65 kishi taqdirlandi

Foto: Madaniyat vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 martdagi «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi 236-sonli sonli qarori bilan mamlakatimizning barcha hududlarida madaniyat va san’at sohasida uzoq yillardan beri fidokorona xizmat qilib kelayotgan jonkuyar xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

Bugun Madaniyat vazirligida mazkur nishonga munosib topilgan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur qaror madaniyat va san’at ahli uchun orziqib kutilgan tarixiy voqea bo‘ldi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan ushbu sohada vatanparvarlik bilan xizmat qilib kelayotgan madaniyat va san’at ahli ushbu hodisani katta quvonch va o‘zgacha fahr bilan kutib oldi. O‘z navbatida, ko‘krak nishonining ta’sis etilishi Hukumatimiz tomonidan sohaga qaratilayotgan alohida e’tibordan dalolat berdi.

Mazkur ko‘krak nishonining ta’sis etilishi bilan respublikamizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, O‘zbekiston madaniyati va san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli san’atkorlar, dunyo sahnalarida iqtidorini muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlar va ularning ustozlari, madaniyat va san’at sohasida malakali kadrlar tayyorlashda jonbozlik ko‘rsatayotgan tajribali, yetuk hamda fidoiy madaniyat va san’at sohasi vakillarini munosib taqdirlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ko‘krak nishoni Yangi yil bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar. Ta’kidlash joizki, ushbu qaror chinakam ma’noda uzoq kutilgan hamda o‘z nomi bilan san’at va madaniyat sohasi fidoiylariga ko‘rsatilgan yuksak ehtiromning ifodasi, yillar davomida ushbu yo‘lda mehnat qilgan insonlarga munosib rag‘batdir.

Ko‘krak nishonini egalariga Madaniyat vaziri B.Sayfullayev topshirib, ularni samimiy muborakbod etdi. O‘z navbatida taqdirlanganlar ham o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

«Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni sovrindorlari

RO‘YXATI

1. Ibragimov Abdukaxxor Abdusamatovich - O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi
2. Yanov-Yanovskiy Feliks Markovich - O‘zbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi a’zosi
3. Xudayberganov Rustam Adambayevich - K.Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti professori
4. Suleymanov Rustam Xamidovich - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti Arxeologiya kafedrasi professori

Respublika tashkilotlari
5. Zaripov Xakim Karimovich - «O‘zbek davlat sirki» davlat muassasasi Ijodiy jamoa badiiy rahbari
6. Xametov Rustam Raufovich - «O‘zbek davlat sirki» davlatmuassasasi direktor o‘rinbosari, artist-yetakchi sahna ustasi
7. Xametova Kamila Taxirovna - «O‘zbek davlat sirki» davlat muassasasi yetakchi sahna ustasi-artisti
8. Xakimov Zafar Abdullayevich -«Moziydan sado» jurnali bosh muharriri
9. Sayfullayev Alisher Xamidullayevich- O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Milliy simfonik orkestri oliy toifali artisti
10. Xaydarov Azamat Xaydarovich -Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi direktori
11. Abdullayev Shuxratulla Xayrullayevich - Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi bosh mutaxassisi
12. Udovenko Olga Yurevna - O‘zbekiston davlat san’at muzeyi «O‘zbekiston xalq amaliy san’ati» bo‘limi mudiri


Ta’lim muassasalari
13. Yeshimbetova Aydin Ibadullayevna - Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi Xoreogrfiya kafedrasi o‘qituvchisi
14. Lebedeva Natalya Semyonova - O‘zbekiston davlat konservatoriyasi «Maxsus fortapiano» kafedrasi dotsenti
15. Kerimov Amet Emirveliyevich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasi musiqali teatr-studiya oliy toifali orkestr artisti
16. Kazakov Viktor Timofeyevich - R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi damli-zarbli bo‘limi o‘qituvchisi
17. Florenteva Lidiya Rafailovna - V Uspenskiy nomidagi RIMAL Maxsus fortepiano bo‘limila maxsus fan o‘qituvchisi
18. Shuvalova Galina Vladimirovna - Respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk maktabi estrada raqsi bo‘limi boshlig‘i
19. Kabulova Nadira Xolxodjayevna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Iqtidorli bolalar akademik litseyi dotsenti

Respublika teatrlari
20. Nazimov Sadir - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri orkestr artisti
21. Usanina Nadejda Viktorovna- Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri erkaklar kiyimi sex boshlig‘i
22. Musin Roman Salixovich - O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri sahna mashinisti
23. Aripdjanov Sharipdjan Kabilovich - Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatri bosh muhandisi
24. Djurayev Davronbek Muratbekovich- Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatri 1-toifali sozandasi
25. Ibatulina Amina Afraimovna - O‘zbekiston davlat satira teatri oliy toifali drama artisti
26. Nazarova Tatyana Yevgenevna - O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri tikuvchisi
27. Panteleyev Dmitriy Arkadevich - O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri birinchi darajali orkestr artisti
28. Dexkanova Gulsara - O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri truppa boshlig‘i
29. Chaplenko Galina Vasilevna - O‘zbekiston davlat qo‘g‘irchoq teatri rassomi
30. Kurbanova Nadira Saxabovna - «Tomosha» bolalar musiqiy teatr studiyasi direktori

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
31. Arzimbetov Qabil Yerejepovich - Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri saxna montirovshigi
32. Karimbayeva Ayparsha Berdibayevna - Chimboy tumani Madaniyat bo‘limi rahbari-madaniyat markazi direktori
33. Li Irena Petrovna - Nukus shahar Amet baxshi nomidagi 12-sonli bolalar musiqa maktabi o‘qituvchisi
34. Shamuratova Aymgul Ametovna - Amet va Ayimxan Shamuratovlar uy-muzeyi direktori

Andijon viloyati
35. Maxmudova Oyistaxon - Andijon viloyat musiqali drama teatri oliy darajali sahna ustasi
36. Otajonova Diloromxon Umarovna - Qo‘rg‘ontepa tumani madaniyat bo‘limi madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mutaxassisi
37. Sidikov Gulomjon Axmadjonovich - Ulug‘nor tumani 21-son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori

Buxoro viloyati
38. Avezov Radjab Shodiyevich - G‘ijduvon tuman Madaniyat markazi qoshidagi Maqom xalq jamoasi rahbari
39. Raxmatov Muxammad - Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi ta’lim muassalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassi

Jizzax viloyati
40. Qurbanov Baxtiyar Baratovich - G‘allaorol tuman 15-son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori
41. Narkazakov Maxmud Mamadaliyevich - Forish tumani madaniyat bo‘limi mudiri

Navoiy viloyati
42. Utemuratova Juldizay Doshanovna - Tomdi tumani madaniyat bo‘limi boshlig‘i
43. Adnayeva Maxbuba Abdullayevna - Konimex tumani 4-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori
44. Dushkino Olga Igorovna - Zarafshon shahar 7-son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori

Namangan viloyati
45. Karaboyev Erkin Sobirovich - Namangan viloyati tarixi va madaniyati muzeyi «Mustaqillik» bo‘limi katta ilmiy xodimi
46. Rasulova Karima - Namangan viloyati musiqali drama teatri vokal artisti

Samarqand viloyati
47. Pardayev Tuyma - Samarqand viloyati musiqali drama teatri sahna ustasi
48. Bobonazarova Xalima - Narpay tuman 13-son Bolalar musiqa va san’at maktabi An’anaviy dutor sinfi o‘qituvchisi

Sirdaryo viloyati
49. Aytmagannbetova Aybatsha Bekberdiyevna - Sirdaryo viloyati Guliston shahar madaniyat bo‘limi badiiy rahbari
50. Ermatov Baxtiyor Kuchimovich - Yangiyer shahar madaniyat bo‘limi mudiri

Surxondaryo viloyati
51. Tashmuratov Yorixon Xudoyberdiyevich - Viloyat madaniyat boshqarmasi madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi
52. Yuldashev Abduraxmon Abdullayevich - Surxondaryo viloyati Sariosiyo tuman madaniyat bo‘limi bosh mutaxassisi

Toshkent viloyati
53. Varganova Zoya Vyacheslavovna - Chirchiq shahar 7-son BMSM jo‘rnavozi

Farg‘ona viloyati
54. Odilov Saydali - Farg‘ona viloyat musiqali drama teatri adabiy qism bo‘yicha bosh rejissyor yordamchisi
55. Xatamov Juraboy Juliboy o‘g‘li - Uchko‘prik tuman Kenagas madaniyat markazi to‘garak rahbari

Xorazm viloyati
56. Sobirov Zaripboy Abdullayevich - Xorazm viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori
57. Nazarova Galina Allamovna - Urgench shahar 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori

Qashqadaryo viloyati
58. Islamov Fayzulla - Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi yetakchi o‘qituvchisi
59. Komilov Ostanaqul Odilovich- Qashqadaryo viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi direktori

Toshkent shahri
60. Bratus Svetlana Vladimirovna - Shayxontohur tumani 23-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi fortepiano o‘qituvchisi
61. Gaynulina Nazira Kasimovna - Yashnabod tumani madaniyat bo‘limi mudiri – madaniyat markazi direktori
62. Kadirov Shamsutdin Xashimovich - Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi
63. Xlebnikova Tamara Vladimirovna - Chilonzor tumani 14-sonli madaniyat markazi qoshidagi Faxriya veteranlar xor jamoasi badiiy rahbari

Vazirlik markaziy apparati
64. Abdushukurova Gulnara Axmedovna - Madaniyat vazirligi Arxivariusi
65. Abdurasulov Haytimmat - Madaniyat vazirligi Repertuar - tahririyat sho‘’basi mudiri

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring