Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chexiya: mahbus ozod etilishidan oldin qamoqxonani talon-taroj qildi

Chexiya: mahbus ozod etilishidan oldin qamoqxonani talon-taroj qildi

Illyustrativ foto.

Chexiyada o‘g‘irlik uchun qamalgan mahbus ozod etilishidan oldin o‘zi o‘tirgan qamoqxonani talon-taroj qildi. Bu haqda 13-yanvar kuni politsiya vakili Soniya Shtetinska ma’lum qilgan.

Hodisa Karvina qamoqxonasida sodir bo‘lgan.

«O‘rta yoshli erkak o‘zi bilan turli xil kiyim va aksessuarlarni, qamoqxonaga tegishli shimlar, futbolkalar, kepkalar, paypoqlar va etiklarni olib ketishga tayyorlangan. Bundan tashqari, u 15 ming kronlik (taxminan 700 AQSh dollari) nasos uskunalarini olib chiqmoqchi edi», - dedi Shtetinska.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlangan narsalar yuklari solingan chamadonlarini tekshirish paytida topilgan. Endi ozodlikka chiqishi kerak bo‘lgan mahbusning qilgan harakati uni qamoqda yana 8 yil qolish xavfini tug‘diradi.

Eslatib o‘tamiz, Chexiyada talonchilik bilan bog‘liq hodisalar odatiy hol emas. 2019-yil oktyabr oyida Tin-nad-Vltavou shahridagi politsiya bolalar bog‘chasi binosiga kirgan o‘g‘ri hibsga olingani haqida e’lon qilgan. O‘g‘ri ma’muriyat xonasidan naqd pulni o‘g‘irlagan va keyin oshxonaga borgan, u erda ikki quti sutni ichgan. Ketishdan oldin u o‘zi bilan ikkita rangli qalam va bir quti plastilin bilan markerlarni ham o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring