Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mariya Zaxarova G‘arb qanday qilib Rossiyani chuv tushirganini aytib berdi

Mariya Zaxarova G‘arb qanday qilib Rossiyani chuv tushirganini aytib berdi

Foto:«Rossiya - RuAN»

«Sovuq urush tugagandan keyin Rossiya G‘arb davlatlari uchun o‘z eshiklarini ochdi, ammo uni aldashdi», —deya bayonot berdi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Finlyandiyaning «Hufvudstadsbladet» nashriga bergan intervyusida. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Biz to‘laligicha eshiklarimizni ochgandik. Biz buni o‘z xohishimiz bilan qilgandik, bizni mag‘lub etishgani uchun emas. Hech kim bizga bosim o‘tkazmagan, shunchaki Gorbachyov qurollanish poygasiga va sovuq urushga nuqta qo‘yishni xohlagan. Mana biz eshiklarimizni ochdik, ammo siz bizni aldadingiz. Sizlar bizga tikanli sim bilan o‘rash orqali javob berdingiz», — deya noroziligini bildirdi Mariya Zaxarova.

Shuningdek, u Moskva G‘arb bilan ziddiyatga borishni istamasligini, aksincha, savdo va madaniy hamkorlikni rivojlantirishni xohlashini aytib o‘tdi.

Bundan tashqari, u Rossiya nega harbiy salohiyatini barchaga ko‘z-ko‘z qilayotganiga ham izoh berdi:

«Endi biz barchaga namoyish qilmoqdamiz: bizga hujum qilish haqida o‘ylab ham ko‘rmang. Ikkinchi jahon urushida 20 million odamimizni yo‘qotganimizdan so‘ng bu hol boshqa qaytarilmasligi uchun bizda buni namoyish qilish huquqi bor. Oxirgi 20 yil davomida bizni barcha tomondan qamal qilishga harakat qilishmoqda. Polshada raketadan mudofaalanish tizimi nega kerakligini so‘raganmizda, bizga buning Eronga qarshi ekanligini aytishdi. Ko‘rinib turgan firibgarlik», — deya e’tiroz bildirdi Mariya Zaxarova.

Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabat Ukraina voqealari va Rossiya Qrimni anneksiya qilishi tufayli yomonlashib ketgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring