Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mars qa’rida ulkan suv zaxirasi yashiringan — olimlar

Mars qa’rida ulkan suv zaxirasi yashiringan — olimlar

Foto: Daily Mail

Amerikalik sayyorashunos olimlar Insight qo‘nish platformasidan olingan seysmik ma’lumotlarda Mars sayyorasi qobig‘ining quyi qatlamlarida juda ko‘p miqdorda suv mavjudligiga dalil topishdi. Bu haqda Berklidagi Kaliforniya universiteti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, suv shunchalik ko‘pki, qadimgi Marsning barcha dengiz va okeanlarini to‘liq to‘ldirish uchun yetardi.

«Yerdagi shunga o‘xshash muhitlar, xususan, chuqur konlar va okeanlar qa’rida hayot bor. Marsda hayot borligini hali kashf qilmadik, biroq uning mavjudligi mumkin bo‘lgan muhit borligini endi bilamiz», — dedi universitet professori Maykl Manga.

So‘nggi yigirma yil davomida sayyorashunoslar Mars yuzasida qadimda daryolar, ko‘llar va butun boshli chuchuk suvli ummonlar mavjud bo‘lganini tasdiqlovchi ko‘plab dalillarni topishdi. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Marsda Yerdagi Shimoliy muz okeanidagiga qariyb teng miqdorda suv bo‘lgan. Ammo Quyoshning to‘rtinchi sayyorasida suv qanday paydo bo‘lgan va qayerga yo‘qolgan — jumboqligicha qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring