Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Misrda 241 kishi terrorchilar ro‘yxatiga kiritildi

Misrda 241 kishi terrorchilar ro‘yxatiga kiritildi

Foto:«Yeni Şafak»

Misrda terrorchi guruh – IShIDga aloqadorlikda gumon qilingan 241 kishi terrorchilar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qohira sudi IShIDga aloqadorlikda gumon qilingan va Shimoliy Sino shahrida xavfsizlik kuchlariga hujum uyushtirgan 241 kishini 5 yil muddatga terrorchilar ro‘yxatiga kiritgan.

Gumonlanuvchilar davlat idoralariga, qurolli kuchlarga va politsiya xodimlariga hujum uyushtirganlikda hamda terrorchilar namoyishlarida qatnashganlikda ayblanmoqda.

Qohira sudi 2014-yili IShIDga qo‘shilgan, keyinroq nomini «Sino viloyati» deya o‘zgartirgan «Ansor bayt al-Maqdis» guruhini terrorchilar ro‘yxatiga kiritgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring