Namanganda qalbaki pul sotayotgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chortoq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.S. (muqaddam JKning 176-moddasi bilan sudlangan) 100 va 200 ming so‘mlik kupyuradagi jami 45 mln so‘m qalbaki pullarni fuqaro M.X.ga 18 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter